Toshkent kimyo-texnologiya instituti yangi korxonalar bilan hamkorlik aloqalarini o’rnatishda davom etmoqda
🇺🇿 O’zbekiston logistika uyushmasi boshchiligida 2025-yil 18-mart kuni Toshkent kimyo-texnologiya instituti Korxona va sanoat tarmoqlari departamenti hodimlari hamda Sanoat muhandisligi va menejmenti fakultetining Logistika yo’nalishi o’qituvchi va talaba yoshlari Toshkent viloyati Zangiota tumanida joylashgan “Highway Logistics Center” MCHJ ga tashrif buyurishdi.
Shu kuni tadbirda “Highway Logistics Center” MCHJ faoliyati bilan yaqindan tanishish maqsadida Toshkent shahridagi 10 ga yaqin oliy ta’lim muassasalarining vakillari ishtirok etishdi.
Ishtirokchilar tashrif davomida o’zlarini qiziqtirgan barcha savollariga atroflicha javob oldilar. Tadbir so’ngida Toshkent kimyo-texnologiya instituti hamda “Highway Logistics Center” MCHJning yaqin kelajakda qilinishi mumkin bo’lgan hamkorlik kelishuvlari muhokama qilindi.