Ijtimoiy tarmoqlar

Toshkent kimyo-texnologiya institutining Akademik faoliyat bo’yicha prorektor T.T.Safarov tomonidan fakultet dekanlari, kafedra mudirlari, Akademik faoliyatni tashkil etish bo’limi va Registrator ofisi bilan seminar tashkil etildi.

Seminarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 2025-yil 14-fevraldagi PQ-61-son “Oliy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarining ishga joylashishiga ko‘maklashish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” qarori mazmun mohiyati va ijrosi, dual ta’lim dasturlarini korxonalar bilan kelishilgan holda ishlab chiqish to’g’risida Akademik faoliyat bo’yicha prorektor T.T.Safarov tomonidan tushuntirib berildi.

Registrator ofisi direktori U.R.Kadirov Vazirlar Mahkamasining “Oliy taʼlim tashkilotlarida talabalarga grantlarni taqdim etish va qayta taqsimlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2025-yil 10-martdagi 149-sonli qarorining mazmun-mohiyatini ishtirokchilarga yetkazdi.

Akademik faoliyatni tashkil etish bo’limi boshlig’i F.I.Xudoyberdiyev tomonidan TOP-300 ro’yxatidagi oliy ta’lim tashkilotlarining dasturlari asosida ishlab chiqilgan fanlarning o’quv dasturlarini sonini 2025-yilda 100 taga yetkazish zarurligi aytildi.