Toshkent kimyo-texnologiya institutida "Kelajak muhandislari" seminar trening bo'lib o'tdi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarligida 2024-yil 20-iyun kuni kengaytirilgan tarzda oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida muhandislik sohalarida kadrlar tayyorlash va oliy taʼlim tashkilotlari faoliyatini yanada rivojlantirish boʻyicha hamda 2025-yil 14-fevral kuni yoshlar bilan ochiq muloqot tarzida oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida belgilab berilgan vazifalar ijrosini taminlash maqsadida “Kelajak muhandislari” belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida semenar trening bolib o’tdi.
Toshkent kimyo-texnologiya instituti Oziq-ovqat va vinochilik texnologiyalari fakulteti hamda Sanoat muhandisligi va menejmenti fakulteti bilan hamkorlikda "Kelajak muhandislari" seminar trening tashkil etishdi.
Seminar treningda Toshkent kimyo-texnologiya instituti Oziq-ovqat va vinochilik texnologiyalari fakulteti Yoshlar bilan ishlash bo'yicha dekan o'rinbosari Sh.Begmatov, fakultet tyutorlari, Avtomatlashtirish va raqamli boshqaruv kafedra mudiri Usmanov Komil Isroilovich, kafedra professor-o'qituvchilari ishtirok etishdi.
Ushbu seminarda muhandislik sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarni yanada jadallashtirish, muhandis kadrlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, iqtidorli yoshlarni muhandislik sohasiga keng jalb qilish maqsadida joriy yilning aprel oyi “Muhandislik oyligi” deb e’lon qilindi. Mazkur qaror va unga ilova – Oliy taʼlim tashkilotlarida nizomning (keyingi oʻrinlarda – Nizom) mazmun-mohiyatini talabalarga yetkazish choralarini koʻrish tushuntirildi.