Toshkent kimyo-texnologiya instituti talabalari "TEXNOPARK" MChJ ga tashrif buyurishdi.
Toshkent kimyo-texnologiya instituti, Sanoat iqtisodiyoti va menejmenti kafedrasi professor-oʼqituvchilari J.A.Aliyeva, K.A.Xaydarova, M.G’Hamroqulovlar shuningdek guruh tyutori H.R.Avloqulov Oliy ta’lim muassasalari bilan ishlab chiqarish tarmoqlari o‘rtasida integratsiyani yanada chuqurlashtirish maqsadida, Marketing va Menejment yo‘nalishi 2,3-kurs talabalariga “Statistika”, “Strategik marketing” va
“Kimyo va oziq-ovqat sanoati korxonalari iqtisodiyoti” fani amaliyot darslarini Yashnabod tumanida joylashgan «TEXNOPARK» MChJda sayyor dars tarzida oʼtkazdi.
Tashrif davomida «TEXNOPARK» MChJ Ta‘lim muassasalari bilan ishlash bo‘limi HR mutaxassisi Parpiev Diyorjon, ijro intizomini nazorat qilish bo‘limi boshlig’i Aripov Sardor hamda o’quv markazi direktori Botir Bobotulayevlar tomonidan «TEXNOPARK» MChJ yuqori texnologiyali, raqobatbardosh, eksportbop va import oʼrnini bosuvchi ishlab chiqarish quvvatlarini yaratishga yoʼnaltirilgan, qurilish materiallari, maishiy texnika, liftlar va eskalatorlar, suv nasoslari, metall konstruktsiyalar, panel radiatorlari, gaz qozonlari, bazaltdan issiqlik izolyatsion materiallar, HPL-panellar ishlab chiqarish yoʼlga qoʼyilganini, hozirgi vaqtda tashkilotning yirik sheriklari dunyoga mashhur kompaniyalar, masalan: Pietro Fiorentini (Italiya) va Samsung Yelectronics (Koreya), Whirlpool (Xitoy), Shanghai Mitsubishi (Xitoy) va boshqalar xisoblanishini tanishtirib oʼtildi.
Shuningdek navbatdagi sayyor dars davomida «TEXNOPARK» MChJ maqsadlari, vazifalari, rivojlanish istiqbollari haqidagi taqdimotlar boʼlib oʼtdi. Talabalar «TEXNOPARK» MChJ faoliyati bilan yaqindan tanishib, oʼzlarini qiziqtirgan barcha savollariga atroflicha javob oldilar.