Toshkent kimyo-texnologiya institutiga M.Auezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston universiteti rektori D.J. Ahmed-Zaki boshchiligida delegatsiya tashrif buyurdi.
2025-yil 26-mart kuni Toshkent kimyo-texnologiya institutiga Janubiy Qozog‘iston universiteti rektori Darxan Jumakanovich Ahmed-Zaki, Akademik masalalar bo‘yicha prorektori Ernar Imangaliyevich Imangaliyev hamda Qo‘shma ta’lim va akademik mobillik bo‘yicha departament boshlig'i Hasenova Laura Aibekovnalar tasruf buyurdi.
Uchrashuvda institut Akademik faoliyat bo’yicha prorektori T.T.Safarov, Xalqarolashtirish va transformatsiya departamenti bo'shligi Z.A.Babaxanova, Qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘lim boshlig’i A.Uzakov hamda Xalqaro hamkorlik va protokol bo‘lim boshlig’i S.Saidaxmadovalar ishtirok etishdi.
Tashrif doirasida ilg'or texnologiyalarni o'rganish, kimyo sanoatini rivojlantirish va innovatsion g’oyalarni qo’llab quvvatlash uchun hamkorlikda ilmiy-ishlab chiqarish xakatonlar tashkil etish kabi masalalar ko’rib chiqildi.
Shuningdek, ikki oliy ta'lim muassasasi o‘rtasida hamkorlikni yanada rivojlantirish, Toshkent kimyo-texnologiya instituti va Janubiy Qozog‘iston universiteti (JQU) oʻrtasida ilmiy tadqiqotlar boʻyicha hamkorlikni yanada rivojlantirish, magistratura va doktorantlarni birgalikda tayyorlash hamda qishki va yozgi maktablarni birgalikda tashkil etish masalalari kelishib olinib, bajarish masalasi rejalashtirildi.
Hozirgi vaqtga qadar o'zaro hamkorlik natijasida 2024-yil davomida 40 dan ortiq professor-o'qituvchi ikkala OTMda malakasini oshirdi, hamda 45 nafar JQU talabalari uchun TKTI tomonidan Toshkent shahrida yozgi maktab va ishlab chiqarish amaliyoti tashkil etildi.
2025-yilda TKTI talabalari uchun Janubiy Qozog‘iston universitetida may-iyun oylarida yozgi maktab va ishlab chiqarish amaliyoti reja qilingan.
Ushbu yozgi maktabda qatnashish uchun TKTI oziq-ovqat va vinochilik texnologoyalar fakulteti barcha talabalari taklif etiladi (murojaat uchun - Biotexnologiya kafedrasi mudiri A.Normatov).
Uchrashuv yakunida Toshkent kimyo-texnologiya instituti Oziq-ovqat va vinochilik texnologiyalar fakulteti laboratoriyalari hamda texnoparki bilan tanishildi, shu jumladan biotexnologiya yo'nalishida TKTIda amalga oshirilayotgan ishlar haqida professor N.Hojamshukurov tomonidan batafsil ma'lumotlar taqdim etildi.
Tashrif natijasida hamkorlikda ilmiy-tadqiqotlarni bajarish va ilmiy loyihalar qilish, akademik faoliyat doirasida keng qamrovli hamkorlik qilish, hamkorlikda ilmiy anjuman, xakaton va forumlar tashkil etish takliflari ikkala tomon tarafidan qo'llab-quvvatlandi.