Toshkent kimyo-texnologiya institutida “Eko-Innovation – 2025” ekologik muammolar yechimiga bag‘ishlangan innovatsion ishlanmalar va loyihalar ko‘rgazmasi tashkil etildi.
Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining topshiriqlariga hamda oliy ta’lim muassasalarida sentabr oyini “Ekologik innovatsiyalar va ekologik madaniyat oyligi” deb e’lon qilinganiga muvofiq o‘tkazildi.
2025-yil 19-sentabr kuni bo‘lib o‘tgan ko‘rgazmada talaba-yoshlar, tadqiqotchilar va innovatorlar o‘z ilmiy-innovatsion ishlanmalari hamda loyihalarini taqdim etdilar.