Toshkent kimyo-texnologiya instituti jamoasi 22-mart kuni — Mirzo Ulugʻbek tavallud kuni munosabati bilan Mirzo Ulug'bek tumanidagi haykal poyida "Ulug'bek xazinasi" nomli tantanali tadbirda ishtirok etdi.
Bugun buyuk astronom va matematik, Temuriylar davlatining hukmdori, davlat arbobi Mirzo Ulugʻbekning 631-yillik tavallud ayyomi munosabati bilan poytaxtimizning Mirzo Ulugʻbek tumanidagi haykal poyida "Ulugʻbek xazinasi" nomli tantanali tadbir boʻlib oʻtdi.
Tadbirni Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi prezidenti Shavkat Ayupov hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri oʻrinbosari Otabek Mahkamov ochib berdi.
Mirzo Ulugʻbek oʻz davrining ulugʻ allomalaridan biri boʻlib, uning ilm-fanga qoʻshgan ulkan hissasi Samarqand rasadxonasi va “Zij-i Koʻragoniy” asari orqali namoyon boʻlgan. U Yevropa ilm-fani rivojlanishidan oldinroq 1018 yulduzning koordinatalarini aniqlagan, yil davomiyligini 365 kun 6 soat 10 daqiqa 8 soniya deb hisoblab, atigi 25 soniyaga adashgan. Uning rasadxonasida amalga oshirilgan kuzatuvlar butun dunyo astronomiyasi rivojiga ulkan hissa qoʻshgan.