Toshkent kimyo-texnologiya instituti Texnologik mashina va jihozlar kafedrasi professor-oʻqituvchilari Moskva politexnika universitetiga tashrif buyurishdi.
2025-yilning 9-aprel kuni Texnologik mashina va jihozlar kafedrasi professori X.S.Nurmuxamedov, katta oʻqituvchi J.V.Sultonovlar xalqaro hamkorlikni mustaxkamlash va yanada kengaytirish maqsadida Moskva politexnika universitetiga tashrifi amalga oshirildi.
Tashrifdan koʻzlangan maqsad Moskva Politexnika universiteti “Texnologik mashina va jihozlar” taʼlim yoʻnalishining “Qayta muxandislik” sohasida tajriba almashinish, professor-oʻqituvchilarni qisqa muddatli stajirovkalarga yuborish, xorijiy professor-oʻqituvchilarni oʻquv mashgʻulotlariga jalb qilish, hamkorlikda ilmiy konfrensiyalar oʻtkazish va ilmiy maqolalar chop etishni yoʻlga qoʻyish uchun Toshkent kimyo-texnologiya instituti bilan hamkorlik shartnomasini imzolash kelishib olindi.
Tashrif davomida Moskva Politexnika universiteti raxbariyati, jumladan Ilmiy ishlar boʻyicha vitse-prezident G.X.Sharipzyanova, Xalqaro ishlar boʻyicha prorektor Yu.D.Davidova, fakultet dekani I.V.Nagornoy, kafedra mudiri M.V.Suslovlar bilan uchrashuv oʻtkazildi.
Moskva Politexnika universiteti bilan xamkorlikda 1+1 “Qayta muhandislik” magistratura mutaxassisliklari boʻyicha qoʻshma taʼlim dasturlarini ochish, seminarlar tashkil etish, kafedra professor-oʻqituvchilarini qisqa muddatli stajirovka va malaka oshirish, talabalar almashinuvi, DAK aʼzoligiga qatnashish ishlarini birgalikda bajarish kelishib olindi.