2025-yil 28-fevral kuni Toshkent kimyo-texnologiya instituti Korxona va sanoat tarmoqlari departamenti boshlig‘i A.N.Shernayev, Muhandislik asoslari va mexanika kafedrasi v.v.b. mudiri M.Yu.Raximov va kafedraning professor-o'qituvchilari A.Nabiyev, M.N.To'xtasheva, M.I.Nosirov, A.N.Berdiyev, A.Sh.Xadjibayev, A.K.Erkinovlar Toshkent viloyatigi “O'zbekkimyomash zavodi”AJ ga tashrif buyurishdi.
Tashrif chog'ida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarligida 2024-yil 20-iyun kuni kengaytirilgan tarzda o‘tkazilgan yig‘ilishining 32-sonli (03-PA 2/1-1982/20) bayoni hamda “Oliy ta’lim tizimida dual ta’limni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi (VMQ-14-son, 16.01.2025-y.) va Vazirlar Mahkamasi qarorida belgilangan vazifalar ijrosini izchil ta’minlash maqsadida o‘zaro hamkorlik aloqalarini o‘rnatish, o‘quv jarayonlari hamda ilmiy izlanishlarni tashkil qilish masalalari, ularga yaratilishi lozim bo'lgan shart-sharoitlar muhokama qilindi.
Bundan tashqari “O'zbekkimyomash zavodi”AJ va Muhandislik asoslari va mexanika kefedrasi hamkorligida Konstruktorlik buyrosi tashkil etish, Asosiy texnologik jarayon va qurulmalar yo'nalishida yetuk muhandis kadrlar tayyorlash, COMPAS 3D- SolidWORKS-PASSAD dasturlaridan foydalanib loyihalash ishlarida hamkorlik qilish, Konsturuktorlar tayyorlash, Tishli uzatmalatni takomillashtirish, Kompazit materiallarni ishlab chiqish va takomillashtirish sohasida hamkorlik qilish bo'yicha masalalar muhokama qilindi.