Ijtimoiy tarmoqlar

Toshkent kimyo-texnologiya institutining Kimyoviy injinering fakultetida «Tarmoq-korxona-oliygoh» zanjiri nomli Korxona rahbarlari forumi boʻlib oʻtdi.

Toshkent kimyo-texnologiya institutining Kimyoviy injinering fakultetida «Tarmoq-korxona-oliygoh» zanjiri nomli Korxona rahbarlari forumi boʻlib oʻtdi.

2025-yilning 18-aprel sanasida Kimyoviy injinering fakultetida «Tarmoq-korxona-oliygoh» zanjiri Korxona rahbarlari forumi boʻlib oʻtdi. 

Forumda fakultet va kafedralar oʻzlarining ishlanmalari, kompozitlar va koʻrgazmalarini korxona rahbarlariga namoyish etdilar.

Ushbu forumda 40 dan ortiq kompaniya va korxonalarning vakillari ishtirok etib Ilmiy-tadqiqot ishlarida hamkorlik masalalari muhokamasi, professor-oʻqituvchilarning stajirovkalari va talabalar amaliyotlarini tashkil etish masalalari, Ishlab chiqarish korxonalari bilan hamkorlikda Dual ta’lim tizimida kadrlar tayyorlash istiqbollari muhokamasi, professor-oʻqituvchilar, yosh olimlar innovatsion ishlanmalarini tijoratlashtirishda hamkorlik, xoʻjalik shartnomalari tuzish hamda yangi hamkorlik shartnomalari va memorandum imzolash koʻzda tutilgan.

Forumni Toshkent kimyo-texnologiya instituti rektori Usmonov Botir Shukurillayevich kirish soʻzi bilan ochib berdi.

"Talabalar nazariy bilimlarni olish bilan bir qatorda, korxona va tashkilotlarda amaliy koʻnikmalarga ega boʻlishlari qoʻliga diplom olib, oliygohni tamomlaguniga qadar tayyor mutaxassis kadr boʻlib yetishishlariga xizmat qiladi. Bu borada korxonalar bilan hamkorlik aloqalarini yanada kengaytirishimiz, «Tarmoq-korxona-oliygoh» zanjiri tamoyili asosida talabalar uchun oliygoh va korxona oʻrtasida koʻprik barpo etishimiz kerak" - dedi rektor B.Sh.Usmonov.

Ta’kidlash joizki «Tarmoq-korxona-oliygoh» zanjiri korxona rahbarlari forumini oʻtkazishdan maqsad Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 20-oktyabrdagi 841-sonli «2030-yilgacha boʻlgan davrda barqaror rivojlanish sohasida milliy maqsad va vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qaroriga muvofiq barqaror rivojlanishning maqsad va vazifalarini izchil amalga oshirish boʻyicha tizimli ishlarni tashkil etish, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 11.09.2023 yildagi PF-158-son «Oʻzbekiston-2030» strategiyasi toʻgʻrisidagi farmoni ijrosini ta’minlash, Oʻzbekiston Respublikasi prezidentining 2024-yil 20-iyundagi videoselektr yigʻilishining 32-sonli bayonida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash yuzasidan Toshkent kimyo-texnologiya institutida “Tarmoq – korxona – oliygoh” zanjiri asosida kadrlar tayyorlashni yoʻlga qoʻyish, Respublikamizda 2025-yil “Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili” ga bagʻishlangan tadbirlarni keng nishonlash, ishlab chiqarish korxonalari bilan hamkorlik aloqalarni rivojlantirish hamda kimyo-texnologiya sohasidagi tadqiqotlarda xalqaro hamkorlikni rivojlantirishdan iboratdir.

 Shundan soʻng Kimyoviy injinering fakulteti dekani Buxorov Shuxrat Buriyevich fakultet haqida mavjud kafedra mudirlari esa, oʻquv, ilmiy, ma’naviy, xalqaro aloqalar va faoliyat haqida ma’lumotlar berib oʻtdi.

Jumladan Silikat materiallar va nodir, kamyob metallar texnologiyasi kafedrasi mudiri M.Aripova, Yuqori molekulali birikmalar va plastmassalar kafedrasi professori M.Alimuxamedov, "Noorganik moddalar kimyoviy texnologiyasi" kafedrasi professori A.U.Erkayev, oʻquv, ilmiy, ma’naviy, xalqaro aloqalar hamda faoliyat haqida ma’lumotlar berib oʻtdi.

Forum davomida tashrif buyurgan korxona rahbarlari hamda vakillari oʻzlarining taqdimotlari bilan ishtirok etib, talab va takliflarini bayon etdilar.

Bunga koʻra “VEOLIA ENERGY TASHKENT” MCHJ XK” direktori Nurmuratova Raʼno Rustamovna, “Qizilqum fosforit kompleksi” MChJ Ishlab chiqarish texnik boʻlimi boshligʻi Boltayev Kilich Boltayevich, “Oʻzbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi” davlat muassasasi direktorning ilmiy ishlar boʻyicha birinchi oʻrinbosari Gaziyev Gʻayratjon Alimdjanovichlar soʻzga chiqishdi.

Bugungi forumda «VEOLIA ENERGY TASHKENT” MCHJ XK, “Shoʻrtan Gaz Kimyo Majmuasi” MChJ, Shoʻrtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi, “Maxam-Chirchiq” AJ, “Qizilqum fosforit kompleksi” MChJ, “Ammofos-Maksam” AJ, “Dehqonobod kaliy zavod” AJ, “UzAutoCepla” MChJ QK, “Uzbekistan GTL” MChJ, “UzKabel” AJ QK, «Uz-Kor Gas Chemical» QK MChJ, “Oʻzbekkimyomash zavodi” AJ, “GRAND ART CERAMICS” MCHJ rahbarlari hamda vakillari ishtirok etishdi.

Tashrif buyurgan korxona rahbarlari hamda vakillari Kimyoviy injinering fakultetida mavjud kafedralarning oʻquv, ilmiy-tadqiqot laboratoriyalari va texnoparkining faoliyati bilan yaqindan tanishib, ulani qiziqtirgan savollariga atroflicha javob oldilar.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 343-sonli qarorida belgilab berilgan vazifalar ijrosini ta'minlash maqsadida, bugun, Toshkent kimyo-texnologiya institutida "Oʻzsuvta‘minot" AJ tizimidagi tashkilotlar xodimlarining 6-guruhi uchun "Ichimlik suvi ta‘minoti va oqova suv tizimida kimyo-bakteriologik tahlil laboratoriya xodimlarini malakasini oshirish" mavzusida oʻquv kurslari boshlangan edi. Oʻquv kursini tugatgan laboratoriya xodimlarini taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.

Forum davomida Toshkent kimyo-texnologiya instituti hamda «VEOLIA ENERGY TASHKENT” MCHJ XK, “IMPETUS NOVA CHEMICALS” MCHJ, “UZKABEL” AJ QK, korxonalari oʻrtasida kadrlarni tayyorlash, Dual ta’lim tizimini yoʻlga qoʻyish sohasida hamkorlik toʻgʻrisida anglashuv memorandumi imzolandi.