Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 2025-yil 13-fevral kuni “Olimpiya va paralimpiya harakatini yanada rivojlantirish, ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish hamda aholi jismoniy faolligini oshirish chora-tadbirlari yuzasidan” oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida belgilangan topshiriqlar ijrosi yuzasidan Toshkent shahrida joylashgan barcha taʼlim muassasalaridagi sport inshootlarining holatini oʻrganish boʻyicha tumanlar kesimida ishchi guruhlar tashkil etilgan.
Kuni kecha Toshkent kimyo-texnologiya institutining sport inshootlari, tashkil etilgan sport to'garaklari, TCTI TEAM sport klub faoliyati, qamrovi imkoniyatlari, tibbiyot hodimlarining faoliyati va ularga yaratilgan shart-sharoitlar, va belgilangan me'yoriy hujjatlarning yuritilishi ishchi guruh mas’ullari tomonidan o'rganildi.
Ushbu o'rganish davomida institutda tibbiyot xonasining jihozlanganligi, talabalarning sport bilan muntazam shug'ullanishi uchun yaratilgan sharoitlar, TCTI TEAM sport klubining faoliyati, talabalar qamrovi ishchi guruh tomonidan ijobiy baholandi.