Toshkent kimyo-texnologiya institutida yakuniy imtihonlar davom etmoqda.
2024/2025-o‘quv yili bahorgi semestri yakuniga yetmoqda. Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 2-dekabrdagi “Oliy ta’lim tashkilotlarida talabalar bilimini baholash va nazorat qilish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi buyrug‘iga muvofiq, institutimizda yakuniy nazorat imtihonlarini tashkil etish va o‘tkazishning yangi, ilg‘or tartibi joriy etilgan.
Ushbu tartib asosida imtihonlar maksimal darajada shaffoflik va adolatlilik tamoyillari asosida o‘tkazilmoqda. Imtihon jarayonlari Akademik faoliyat bo‘yicha prorektor T.T. Safarov rahbarligidagi ishchi guruh tomonidan nazorat qilinmoqda. Guruh tarkibiga Akademik faoliyatni tashkil etish bo‘limi, Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi, Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi hamda professor-o‘qituvchilar kirgan.
Talabalarimizga yakuniy imtihonlarda omad va zafarlar tilaymiz!