Toshkent kimyo-texnologiya instituti talabalari uchun seminar-trening bo'lib o'tdi.
Kuni kecha institut Korxona va sanoat tarmoqlari departament boshlig‘i A.N.Shernayev va Iqtidorli talabalar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i N.N.Xodjayeva, "Kretiv kimyogar" klubi rahbari J.Xolov hamda turli xil loyihalari bor talabalar uchun seminar tashkil qilindi.
Ushbu seminarga “Menejerlar uyushmasi” raisi Alisher Shayxov tashrif buyurdi. Alisher Shayxov talabalarga start-up loyihalarini taqdimotini, ularni rasmiylashtirish, ommaga taqdim qilish va moliyalashtirish bo‘yicha tavsiyalar berib o‘tdi.
Ushbu seminar-treningda talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar