Toshkent kimyo-texnologiya institutida Mahmudxoʻja Behbudiy tavalludining 150 yilligiga bag'ishlangan ma'naviy-ma'rifiy tadbir tashkil etildi.
Toshkent kimyo-texnologiya institutining Neft va gaz texnologiyalari fakulteti faollar zalida Mahmudxoʻja Behbudiy tavalludining 150 yilligiga bag'ishlangan ma'naviy-ma'rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbirda Neft va gaz texnologiyalari fakulteti dekani L.A.Yusupova, Yoshlar bilan ishlash bo'yicha dekan o'rinbsari J.T.Sidikov, tyutorlar va talaba-yoshlar ishtirok etishdi.
Mahmudxoʻja Behbudiy 1875-yil 20-yanvarda Samarqand yaqinidagi Siyob volostining Baxshitepa qishlogʻida imom-xatib Behbudxoʻja Solihxoʻja oʻgʻli xonadonida tugʻilgan.
Jadidchilik milliy maʼrifatparvarlik harakatining tarafdori. "Behbudiya kutubxonasi" hamda „Nashriyoti Behbudiya“ faoliyatini yoʻlga qo'ygan.
1903–1904-yillarda Moskva, Peterburg, Orenburg, Qozon va Qrimda boʻlgan. Maorif sohasida Rossiya va tatar arboblari tajribasini oʻrgangan. Mahmudxoʻja Behbudiy Ismoil Gaspirinskiy bilan birinchi marta 1897-yilda Gaspirinskiyning Turkistonga sayohati vaqtida Samarqandda tanishgan.