Toshkent kimyo-texnologiya instituti professor-o'qituvchilari Toshkent shahri Olmazor tumanida joylashgan 28-ixtisoslashtirilgan davlat umumta'lim maktabiga tashrif buyurishdi.
Ma’lumki, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 12-avgust kungi PQ-4805-sonli Qarori bilan Toshkent kimyo-texnologiya instituti va Toshkent Olmazor tumanidagi 28-sonli umumta’lim maktabi bilan hamkorlik aloqalari yo’lga qo’yilgan.
Ushbu qarorda belgilangan vazifalarni amalga oshirish yuzasidan joriy yilning 15-aprel kuni Toshkent kimyo-texnologiya instituti Oziq-ovqat va vinochilik texnologiyalari professor-o’qituvchilarining Toshkent shahar Olmazor tumanidagi 28-sonli umumta’lim maktabiga navbatdagi tashrifi bo’lib o’tdi.
Tadbirda Oziq-ovqat va vinochilik texnologiyalari fakulteti dekan o‘rinbosari Sh.Begmatov fakultet tyutorlari institutning faol talabalari, shuningdek, 28-maktabning o‘qituvchilari va tabiiy fanlarga qiziquvchi o‘quvchilar ishtirok etishdi.
Ushbu tadbir davomida Toshkent kimyo-texnologiya institutining yutuqlari, ilmiy ishlanmalar va yoshlar uchun yaratilgan imkoniyatlar haqida taqdimot o‘tkazdi. Shundan so‘ng akulteti dekan o‘rinbosari Sh.Begmatov institutning tuzilmasi va o‘quv jarayoni haqida batafsil ma’lumot berdi.
Mazkur uchrashuv 28-maktab o‘quvchilarining kimyo, tabiiy fanlar va sport sohasiga qiziqishini oshirishga xizmat qildi. Toshkent kimyo-texnologiya instituti va 28-maktab o‘rtasidagi hamkorlik yosh avlodni ilmiy va intellektual rivojlanish sari yo‘naltirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Bunday tadbirlar kelgusida ham muntazam o‘tkazilishi rejalashtirilgan bo‘lib, u maktab va oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi samarali aloqalarni yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.