Ijtimoiy tarmoqlar

Toshkent kimyo-texnologiya instituti professor-o'qituvchilari Shayxontohur tumanida joylashgan 141-sonli umum ta’lim maktabiga tashrifi.

 O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 17 yanvardagi Oliy ta’lim tashkilotlarida abituriyentlar, jumladan, kambag‘al va kam ta’minlangan oilalarning bitiruvchi sinfdagi farzandlari uchun tayyorlov kurslarini tashkil etish to‘g‘risida 18-sonli buyrug‘ihamda instituti rektorining 2025 yil 8 fevralidagi 37-sonli buyrug‘i igrosini ta’minlash maqsadida akademik faoliyat bo‘yicha prorektori professor T.T.Safarov, Biotexnologiya kafedrasi mudiri A.M.Normarov kafedra assistenti X.N.Isaboyev, Asosiy organik sintez kafedrasi mudiri A.Ziyodullayevlar ishtirokida Shayxontohur tumani 141-sonli umum ta’lim maktabiga tashrif uyushtirildi.

Akademik faoliyat bo'yicha prorektor T.T.Safarov institutning tashkiliy tuzilmasi, ta’lim yo‘nalishlari, institut tasarrufida imtiyoz asosida tashkil etilayotgan o‘quv markazi haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Shundan so‘ng institutning video roligi namoyish etildi. Kafedra mudirlari kafedralar tasarrufidagi ta’lim yo‘nalishlari haqida ma’lumotlar berdi. Tadbir davomida Biotexnologiya kafedrasi assistenti. X.N.Isaboyev institutga kirish fan bloglari hamda o‘quv markazi haqida qo‘shimcha ma’lumotlar berib biologiya fanidan tayyorlov kursini o‘zi olib borishi va o‘qitish usuli haqida ma’lumot berib o‘tdi.

Maktab ma’muriyati va o‘quvchilar tomonidan savollar berildi ularga prorektor T.T.Safarov tomonidan batafsil tushuntirildi.

Tashrif so‘ngida maktab ma’muriyati institut rahbariyati va ishtirok etuvchilarga o‘z minnatdorchiligini bildirdi.