Toshkent kimyo-texnologiya instituti rektori Talabalar turar joyiga tashrif buyurib talabalar holidan xabar oldi
Kuni kecha Toshkent kimyo-texnologiya instituti rektori talabalar turar joyiga tashrif buyurdi. Uchrashuv davomida talabalarning yashash sharoitlari bilan tanishildi, ularning muammolari tinglandi hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish imkoniyatlarini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Institut rahbariyati talabalar uchun yaratilayotgan sharoitlarni yanada yaxshilash va ularning ta’lim hamda ijtimoiy hayotda faol bo‘lishlari uchun zarur choralarni ko‘rib borishni ta’kidlab o‘tdi.