Ijtimoiy tarmoqlar

Toshkent kimyo-texnologiya instituti jamoasi hamda talabalari terma jamoamizni qo'llash uchun tayyor!

Toshkent kimyo-texnologiya instituti jamoasi hamda talabalari terma jamoamizni qo'llash uchun tayyor!

Bugun Toshkent kimyo-texnologiya instituti talabalar turar joyida jamoamiz hamda talabalarimiz O‘zbekiston milliy terma jamoasini qo‘llab-quvvatlash maqsadida yig‘ildilar.

Ma’lumki, O‘zbekiston terma jamoasi CAFA Nations Cup turnirining final bosqichida azaliy raqib – Eron terma jamoasi bilan bellashadi. Shu munosabat bilan institut talabalari “Olimpiya” stadioniga bizning jamoamizni qo’llab-quvvatlash uchun yo’l olishdi.

Talabalar tayyorgarlik jarayonida yuzlariga O‘zbekiston bayrog‘i tasvirini chizib, milliy ramzlar — do‘ppi, bayroq, sharf va futbolkalar bilan o‘yinga ruhiy ko‘tarinkilikda hozirlandilar.

Ushbu tashabbus nafaqat sportga, balki milliy terma jamoamizni qo‘llab-quvvatlashda yoshlarning faol ishtirokini ta’minlashga xizmat qildi.