Toshkent kimyo-texnologiya institutida 2025-yil 3-aprel kuni o‘tkazilgan “Kelajakka qadam” dasturi bo‘yicha “Biznes g‘oyadan tayyor loyihagacha” mavzusi bo‘yicha seminar trening bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prizdentining 2025-yil 14-fevraldagi PQ-61-sonli qarori va Oliy ta‘lim fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 20-martdagi 114-son hamda Institut rektorining 2025-yil 29-mart sanasidagi 104-sonli buyrug‘ini ijrosini ta‘minlash maqsadida Toshkent kimyo-texnologiya instituti Sanoat muhandisligi va menejmenti fakultetida 2025-yil 3-aprel sanasida 2024-2025 o‘quv yili bitiruvchilari hamda 3-kurs talabalari uchun “Kelajakka qadam” markazi tomonidan “Biznes g‘oyadan tayyor loyihagacha” mavzusi bo‘yicha Karyera markazi tomonidan seminar trening tashkil etildi.
Seminar-trening O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yilning 18-fevraldagi “Oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarining ishga joylashishiga ko‘maklashish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarorini keng targ‘ib qilish hamda “Kelajakka qadam” dasturining imkoniyatlarini talabalarga yetkazish maqsadida tashkil etildi. Toshkent kimyo-texnologiya instituti “Karyera markazi” boshlig‘i A.Mirkomilov, Sanoat muhandisligi va menejmenti fakulteti dekani Sh.Jalilov va “Kelajakka qadam” markazi loyiha menejeri Azimjon Ilyosovich ishtirok etdi.
Tadbirda “Kelajakka qadam” markazi loyixa menejeri Azimjon Ilyosovich PQ-61-sonli qarorida ko‘zda tutilgan “Biznes g‘oyadan tayyor loyihagacha” mavzusi bo‘yicha bitiruvchi kurs talabalari uchun loyixaning mazmun mohiyati bo‘yicha tushunchalar berdilar.
Seminar ochiq muloqot tarzida bo‘lib o‘tdi. Talablar o‘zlarining loyihalari bo‘yicha qiziqan savollariga javob oldilar. Hamda tadbirkorlik bo‘yicha boshlang‘ich ma’lumotlarga ega bo‘ldilar. Mazkur dastur yosh mutaxassislarning o‘z biznes g‘oyalarini ro‘yobga chiqarish, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish hamda mustaqil iqtisodiy rivojlanishiga keng imkoniyat yaratadi.