Toshkent kimyo-texnologiya instituti, Sanoat iqtisodiyoti va menejmenti kafedrasi professor-oʼqituvchisi K.A.Xaydarova va Marketing yoʼnalishi talaba-yoshlari bilan Yashnabod tumanida joylashgan «TEXNOPARK» MChJda sayyor dars oʼtkazildi.
Tashrif davomida «TEXNOPARK» MChJ Ta‘lim muassasalari bilan ishlash bo‘limi HR mutaxassisi Parpiev Dierbek hamda Marketing bo‘limi bosh mutaxassisi Musaev Xasan «TEXNOPARK» MChJ tomonidan yuqori texnologiyali, raqobatbardosh, eksportbop va import oʼrnini bosuvchi ishlab chiqarish quvvatlarini yaratishga yoʼnaltirilgan, qurilish materiallari, maishiy texnika, liftlar va eskalatorlar, suv nasoslari, metall konstruktsiyalar, panel radiatorlari, gaz qozonlari, bazaltdan issiqlik izolyatsion materiallar, HPL-panellar ishlab chiqarish yoʼlga qoʼyilganini, hozirgi vaqtda tashkilotning yirik sheriklari dunyoga mashhur kompaniyalar, masalan: Pietro Fiorentini (Italiya) va Samsung Yelectronics (Koreya), Whirlpool (Xitoy), Shanghai Mitsubishi (Xitoy) va boshqalar xisoblanishini tanishtirib oʼtdilar.
Shuningdek navbatdagi sayyor dars davomida «TEXNOPARK» MChJ maqsadlari, vazifalari, rivojlanish istiqbollari haqidagi taqdimotlar boʼlib oʼtdi. Talabalar «TEXNOPARK» MChJ faoliyati bilan yaqindan tanishib, oʼzlarini qiziqtirgan barcha savollariga atroflicha javob oldilar.