Toshkent kimyo -texnologiya instituti Kimyoviy injiniring fakultetida "Milliy tarix va qadriyatlar mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Davra suhbatida Ijtimoiy siyosiy fanlar kafedrasi falsafa fanlar dotsenti F.Xoldibekova Kimyoviy injiniring fakulteti tyutorlari hamda talaba-yoshlar ishtirok etishdi.
Suhbat davomida "Milliy tarix va qadriyatlarimiz" ya'ni o'zbek xalqining asrlardan asrlarga o'tib kelayotgan milliy-qadriyatlari uzoq tarixiy jarayonda shakllanganligi, va o'zi tug'ilib o'sgan ona yurtiga ehtirom o'z taqdirini mana shu yurtsiz tasavvur qila olmaslik o'tgan ajdodlar xotirasiga sadoqat, kattalarga doimiy hurmat ko'rsatish kabi ko'plab fazilatlar bizning milliy qadriyatlarimiz asosini tashkil etishi haqida tushunchalar berib o'tildi.
Davra suhbati mobaynida talabalar mavzu yuzasidan o'z fikr mulohazalarini va milliy qadriyatlarimizni keng targ'ib qilish bo'yicha takliflarini bildirishdi.