Toshkent kimyo-texnologiya institutiga Drezden texnika universiteti vakillari tashrif buyurdi
2025-yilning 28-mart kuni Toshkent kimyo-texnologiya instituti Kimyo muhandisligi fakultetiga Drezden texnika universiteti professori Viktor Machtcherine hamda "O‘zsanoatqurilishmateriallari” Assotsiatsiyasi vakillari tashrif buyuridi.
Ushbu uchrashuvda Toshkent kimyo-texnologiya instituti Xalqarolashtirish va transformatsiya departamenti bo'lim boshlig‘i Babaxanova Zebo, Kimyoviy injiniring fakulteti dekani Buxorov Shuxrat, Silikat materiallar va nodir, kamyob metallar texnologiyasi kafedrasi mudiri Aripova Mastura va kafedra professor-o'qituvchilari Ruziboyev Baxramjon, Matkarimov Zaynobiddin, Erkinov Farruxlar ishtirok etdi.
Uchrashuvda “O‘zsanoatqurilishmateriallari” Assotsiatsiyasi va Germaniyaning yetakchi OTM hamda ilmiy muassasalari bilan hamkorlikni rivojlantirish, qurilish materiallari sohasidagi eng so‘nggi ishlanmalar bo‘yicha tajriba almashish va qo‘shma ilmiy loyihalarni muhokama qilish. Tadbir doirasida mutaxassislar va olimlar o‘zaro muloqot qilib, kelgusidagi ilmiy hamkorlik istiqbollarini belgilab oldishdi.