Ijtimoiy tarmoqlar

Toshkent kimyo-texnologiya instituti Doktorantura va ilmiy tadqiqotlar bo‘limi boshlig‘i Kamolov Azizbek Nazarboyev Universitetiga tashrif buyurdi.

 Toshkent kimyo-texnologiya instituti Doktorantura va ilmiy tadqiqotlar bo‘limi boshlig‘i Kamolov Azizbek Nazarboyev Universitetiga tashrif buyurdi.

Toshkent kimyo-texnologiya instituti Doktorantura va ilmiy tadqiqotlar bo‘limi boshlig‘i Kamolov Azizbek Astanaga xizmat safari doirasida Nazarboyev Universitetiga tashrif buyurdi. Tashrifdan asosiy maqsad — ilmiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, professor-o‘qituvchilar va doktorantlar o‘rtasida qisqa muddatli stajirovka almashinuvi bo‘yicha kelishuvlarga erishish bo‘ldi.

Tashrif davomida Kamolov Azizbek Nazarboyev Universitetining ilg‘or olimlaridan biri, professor, Woojin Lee bilan uchrashdi. Suhbat chog‘ida Karbonat angidridni ushlash, saqlash va undan foydalanish (KazCCUS) loyihasi hamda ushbu yo‘nalishda ilmiy-tadqiqot hamkorligini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, School of Digital Science and Engineering bo‘yicha PhD dasturi rahbari hamda Astana National Laboratory (Milliy ilmiy laboratoriya) rahbari, professor, Nurxat Nuraje bilan ham uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuvda ikki tomonlama ilmiy hamkorlik, doktorantura dasturlarida ishtirok etish, qo‘shma loyihalar va akademik almashuv dasturlari imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.

Tashrif yakunida Azizbek Kamolov professor Nurxat Nuraje boshchiligidagi biomassani sintezlash hamda qo'shilgan qiymatli kimyoviy birikmalarga aylantirish bo‘yicha faoliyat yuritayotgan zamonaviy ilmiy laboratoriya markazi bilan yaqindan tanishdi. Mazkur laboratoriyada amalga oshirilayotgan ilmiy tadqiqot ishlari Universitet professori Minavar Shaimardan hamda uning doktoranti Harry Kwaku Megbenu tomonidan batafsil tanishtirib o'tildi. Ushbu tashrif ikki tomonlama hamkorlik uchun muhim bosqich bo‘lib, kelajakdagi qo‘shma ilmiy loyihalarga zamin yaratadi.