Sun'iy intellekt Toshkent kimyo-texnologiya institutida ta'lim jarayonlariga tadbiq etilmoqda.
2025-yilning 15-aprel sanasida Toshkent kimyo-texnologiya institutiga Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot texnologiyalari universitetining Sun'iy intellekt kafedrasi mudiri, professor H.N.Zaynidinov, kafedra dotsenti J.N.Nurmurodovlar tashrif buyurdi.
Tashrif doirasida institut rektori, professor Usmonov Botir Shukurillayevich, Registrator ofisi direktori Kadirov Ulug'bek Ravshanovich, institut rektorining Axborot siyosati masalalari bo'yicha maslahatchisi — Matbuot kotibi Egamnazar Abdulboqiyev ishtirokida uchrashuv bo'lib o'tdi.
Uchrashuvda davlatimiz rahbari tomonidan sun'iy intellektni qator sohalar kabi ta'limga ham tadbiq etish to'g'risidagi ustuvor vazifalar ijrosini ta'minlash maqsadida, sun'iy intellekt yordamida o'quv jarayonlarini onlayn monitoring qilish, masofaviy ta'lim jarayonlarida sun'iy intellekt yordamida video-darsliklar tayyorlash, kafedra bilan hamkorlikda startap va ilmiy loyihalarini amalga oshirish, institutda "Sun'iy intellekt" kafedrasining filialini tashkil etish masalalari muhokama qilinib, kelgusida hamkorlik memorandumini imzolashga kelishib olindi.