Toshkent kimyo-texnologiya instituti Texnologik mashina va jihozlar kafedrasi professor-oʻqituvchilari Rossiya biotexnologiya universitetiga tashrif buyurishdi.
2025-yilning 8-aprel kuni Texnologik mashina va jihozlar kafedrasi professori X.S.Nurmuxamedov, katta oʻqituvchi J.V.Sultonovlar xalqaro hamkorlikni mustahkamlash va yanada kengaytirish maqsadida Rossiya biotexnologiya universitetiga (РОСБИОТЕХ) tashrifi amalga oshirdilar.
Tashrifdan koʻzlangan maqsad Rossiya biotexnologiya universiteti “Texnologik mashina va jihozlar” taʼlim yoʻnalishining “Oziq-ovqat muxandisligi”, “Sovutgich uskunalari va texnologiyalari” sohasida tajriba almashinish, professor-oʻqituvchilarni qisqa muddatli stajirovkalarga yuborish, xorijiy professor-oʻqituvchilarni oʻquv mashgʻulotlariga jalb qilish, hamkorlikda ilmiy konfrensiyalar oʻtkazish va ilmiy maqolalar chop etishni yoʻlga qoʻyishdan iborat.
Tashrif davomida Rossiya biotexnologiya universiteti, Sanoat muhandisligi, axborot texnologiyalari va mexatronika instituti, Sanoat muxandisligi kafedra mudiri t.f.n., dotsent M.A.Latыshev va kafedra professori B.N.Fedorenko bilan uchrashuv oʻtkazildi va kafedraning faoliyati va laboratoriyalari bilan tanishtirildi.
Rossiya biotexnologiya universiteti, “Sanoat muxandisligi” kafedrasi bilan “Sanoat sovutgichlari, texnologik va qulay havoni konditsionerlash va ventilyatsiya qilish, muzlatkichli transport, savdo va maishiy sovutish uskunalari, kriogen va tez muzlatish uskunalari” mavzularida seminarlar tashkil etish, kafedra professor-oʻqituvchilarini qisqa muddatli stajirovka va malaka oshirish, talabalar almashinuvi, DAK aʼzoligiga qatnashish ishlarini birgalikda bajarish kelishib olindi.