Toshkent kimyo-texnologiya instituti rektori Ijara xonadonlarida yashovchi talabalar holidan xabar oldi.
Toshkent kimyo-texnologiya instituti rektori Usmonov Botir Shukurillayevich boshchiligida ijara xonadonlarida yashovchi institut talabalari holidan xabar olindi.
Jumaladan, institutimizda tahsil olayotgan talabalarining ijarada yashayotgan uylaridagi shart-sharoitlari ko'zdan kechirildi.
O'rganish jarayonida uylardagi isitish tizimi ko'zdan kechirilib, yong'in xavfsizlik qoidalari yana bir marotaba tushintirildi. Shuningdek talabalar bo'sh vaqtlarida mutolaa qilishlari uchun institut rektori B.Sh.Usmonovning shaxsiy kutubxonasidan kitoblar hadya qilindi.
Toshkent kimyo-texnologiya institutida tahsil olayotgan talabalarning ijarada yashayotgan uylaridagi shart-sharoitlarini o'rganish jarayonlari davom etmoqda.