Ijtimoiy tarmoqlar

Toshkent kimyo-texnologiya instituti Sanoat muhandisligi va menejmenti fakultetida "Zakovat" intellektual o'yini bo'lib o'tdi.

Toshkent kimyo-texnologiya instituti Sanoat muhandisligi va menejmenti fakultetida "Zakovat" intellektual o'yini bo'lib o'tdi. 

Fakultet talabalarining bilim va zakovatini sinovdan o‘tkazish, intellektual salohiyatini rivojlantirish hamda jamoaviy hamkorlikni mustahkamlash maqsadida "Zakovat" intellektual o‘yini tashkil etildi. Ushbu qiziqarli va murosasiz bahslarda fakultetimizning eng zukko talabalaridan iborat quyidagi jamoalar ishtirok etdi:

Genuslar

Everest

Mono

Xumo

Wisdom

Monster

Redbull

Intellekt

O‘yin natijalari quyidagicha bo‘ldi:

1-o‘rin – MONO (24-48 MT) Jamoa o‘yinda yuqori darajadagi strategik fikrlash va a’lo darajadagi jamoaviy hamkorlik namunasini ko‘rsatdi. Ular barcha bosqichlarda barqaror natijalar qayd etib, Zakovat chempioniga aylandi!

2-o‘rin – GENUS, REDBULL va INTELLEKT

Genus (24-50 MK) – Jamoa puxta tayyorgarlik bilan chiqib, kuchli raqiblar qatoridan joy oldi.

Redbull (24-50 MK) – Faolligi bilan ajralib turdi va oxirgi soniyalargacha kuchli kurash olib bordi.

Intellekt (24-56 BIB) – O‘zining noan’anaviy fikrlashi va tezkorligi bilan o‘yinning eng muhim daqiqalarida ajralib turdi.

3-o‘rin – MONSTER (24-50 MK) Monster jamoasi ham so‘nggi soniyalarga qadar g‘alaba uchun kurash olib bordi va yuqori natijaga erishdi.

Zakovat – bu shunchaki o‘yin emas, balki bilimlar bellashuvi. Mazkur o‘yin orqali talabalarning tezkor fikrlashi, mantiqiy tahlili va jamoaviy ishlash ko‘nikmalari yanada rivojlandi. Bu kabi intellektual tadbirlar yoshlarning ilmga bo‘lgan qiziqishini oshirishda katta ahamiyatga ega.

G‘olib jamoalarni tabriklaymiz!

Kelgusi musobaqalarda ham barchaga omad va yanada yuqori natijalar tilaymiz!