Toshkent kimyo-texnologiya instituti yangi korxonalar bilan hamkorlik aloqalarini o’rnatishda davom etmoqda
O‘zbekiston Logistika Assotsiatsiyasi, GIZ, «WMC» kompaniyasi tomonidan 11-mart, 18-mart va 27-mart kunlariga Logistika yo’nalishi professor-o’qituvchi va talabalari uchun o’quv-amaliy seminar tashkil etilgan bo’lib, O‘zbekiston Logistika Assotsiatsiyasi, GIZ, «WMC» kompaniyasi boshchiligida 2025-yil 27-mart kuni Toshkent kimyo-texnologiya instituti, Sanoat iqtisodiyoti va menejmenti kafedrasi professor-o’qituvchilari F.T.Kasimova, J.A.Aliyeva va Logistika yo’nalishi talaba-yoshlari hamda korxona va sanoat tarmoqlari departamenti xodimlari Yangihayot tumanida joylashgan «WMC» kompaniyasining Logistika markaziga tashrif buyurishdi.
Tashrif davomida o‘quv-amaliy seminarning ishtirokchilarini «WMC» kompaniyasining Sotish bo‘yicha direktori Rustam Meliqulov kutib oldi, va ombor terminallari, yuk tushirish-ko‘tarish uskunalari va maxsus jihozlarni, shuningdek, kelayotgan tovarlarni qabul qilish, saqlash, qayta ishlash va hisobga olish texnologiyalari bilan tanishtirib o’tdilar.
Shuningdek navbatdagi seminar davomida Logistika markazining maqsadlari, vazifalari, qo‘llanilayotgan yashil texnologiyalar va raqamli dasturlar, rivojlanish istiqbollari haqidagi taqdimotlar bo’lib o’tdi.
Ishtirokchilar taqdimotdan so‘ng, «WMC» Logistika markazi rahbariyati tomonidan o’zlarini qiziqtirgan barcha savollariga atroflicha javob oldilar. Tadbir so’ngida Toshkent kimyo-texnologiya instituti hamda O‘zbekiston Logistika Assotsiatsiyasi, GIZ, «WMC» kompaniyasining yaqin kelajakda qilinishi mumkin bo’lgan hamkorlik kelishuvlari muhokama qilindi.