Ijtimoiy tarmoqlar

Toshkent kimyo-texnologiya instituti Talabalar turar joyida sayyor qabul bo'lib o'tdi.

Toshkent kimyo-texnologiya instituti Talabalar turar joyida sayyor qabul bo'lib o'tdi.

2025-yilning 27-mart kuni Toshkent kimyo-texnologiya instituti Talabalar turar joyida sayyor qabul bo'lib o'tdi.

Unda Toshkent kimyo-texnologiya instituti Profilaktika katta inspektori podpolkovnik A.Jumanov, Toshkent shahar IIBB EKM boshlig'i polkovnik Pak Stanislaev Yurevich, Toshkent shahar IIBB EKM eksperti mayor Gulmirzayev Rustam Orifjonovich, fakultet tyutorlari hamda talaba-yoshlar ishtirok etishdi.

Ushbu sayyor qabulda narkotik moddalar va psixotrop vositalar aylanmasini oldini olish, kiber jinoyatlar orqali kuzatilayotgan jinoyatlar oldini olish mavzusida o'zlarini amaliyotdagi tajribalaridan kelib chiqqan holda talabalarga bu kabi jinoyatlarni qurboni bo'lishni va sodir etib, unga aralashib qolmasliklari maqsadida profilaktik suhbat o'tkazildi.

Sayyor qabul davomida talabalar bilan suhbat o'tkazilib, ularda mavjud bo'lgan muomolar eshitildi hamda ularga qonun doirasida javob berishdi. Qabul davomida talabalar turar joyida talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar ko'zdan kechirildi.