Ijtimoiy tarmoqlar

Toshkent kimyo-texnologiya instituti talabalari "Crafers" korxonasiga tashrif buyurishdi

 Toshkent kimyo-texnologiya instituti “Sanoat iqtisodiyoti va menejmenti” kafedrasi talabalari uchun kafedra professori F.T.Qosimova, G.F.Boymuxamedova va J.A.Aliyevalar bilan hamrohligida "Crafers" qandolatchilik fabrikasiga ekskursiya tashkil etildi. 

Sanoat muhandisligi va menejmenti fakulteti 1-bosqich 24-49 MT guruhi talabalarini "Crafers" qandolat fabrikasining maftunkor olamiga sayohatga olib borildi va shirinliklar qanday tayyorlanishini ko'rishdi. Bu yerda 800 dan ortiq yuqori malakali mutaxassislar ishlab kelmoqda.

Fabrikada talabalar pechenye ishlab chiqarish liniyalari, bir nechta vafli ishlab chiqarish liniyalari, shokolad ishlab chiqarish liniyalari, sirlangan va qadoqlash liniyalarini ko'zdan kechirishdi. Ta’kidlash joizki, “Crafers” zavodida bo‘lib o‘tgan ekskursiya, haqiqiy ishlab chiqarish bilan tanishish, o‘qish jarayonida talabalarga bo'lgan o‘z kasbiy yo‘llarini aniqlashga, kasbiy mahorat va malakalarini oshirishga yordam beradi. Ular zavod texnologi bilan suhbatda texnolog kasbining nozik jihatlari, qandolatchilik fabrikasi bo‘yicha kasb-hunar egallash, shuningdek, kasb-hunarmandchilikka qanday talablar qo‘yilishi haqida ma’lumot olindi. 

Ushbu korxona xodimlari uchun qanday imtiyozlar kafolatlanadi va bo'lajak mutaxassislarga ishga joylashish uchun qo'yiladigan talablarni bilib olishdi.