2025-yilning 17-mart kuni Toshkent kimyo-texnologiya institutida “Navroʻz – qadriyatlar beshigi" mavzusida tadbir tashkil etildi.
Ushbu tadbirda Toshkent kimyo-texnologiya instituti rektorining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi, barcha fakultet xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchilari, institut psixologi, tyutorlar, “Ijtimoiy-siyosiy fanlar” kafedrasi professor-oʻqituvchisi hamda talaba-qizlar ishtirok etishdi.
Tadbirdan maqsad yoshlarimizga milliy qadriyatlarimizga hurmat ruxida qarash bilan birga ularni asrab-avaylash va keyingi yosh avlodga yetkazishdan iborat. Bugungi kunda yoʻqolib borayotgan urf-odatlarimizni tiklash, milliylikni targʻib qilish orqali ularni yod gʻoyalardan asrash, hayot gultoji boʻlmish insonni qadrlash, Vatanga muxabbat va sadoqat bilan hizmat qilishga oʻrgatish kabi tuygʻular mazmun moxiyati mutaxassislar tomonidan yetkazib berildi.
Shuningdek, talaba-qizlarning institut ichki tartib qoidalariga, kiyinish madaniyatiga rioya etishlari va talabalarning qiziqishlari oʻrganilib, ular oʻzlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar. Talaba-qizlarga bir-birini hurmat qilish, dars mashgʻulotlarida faol ishtirok etishi haqida aytib, kutubxonaga borib mutaxassisligiga doir va badiiy kitoblar oʻqishi kerakligi eslatib oʻtildi.
Tadbir davomida institut psixologi talaba-qizlar va xodimlar oʻrtasida mehr koʻrsatish psixologik treningini oʻtkazdi, bu esa tadbirni chnada qiziqarli oʻtishida motivatsiya berdi.