Toshkent kimyo-texnologiya instituti talabalari "Toshkent IES" AJ zavodi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 27-iyuldagi “Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g’risida” gi 3151-PQ ijrosini ta’minlash maqsadida "Toshkent IES" AJ bilan Toshkent kimyo-texnologiya instituti o‘rtasida tuzilgan shartnomaga muvofiq Neft va gaz texnologiyalari fakultetining Fizika va Energetika kafedrasi samarli ishlarni amalga oshirishmoqda.
Xususan, “Toshkent IES” AJ va Toshkent kimyo-texnologiya instituti o‘rtasida tuzilgan shartnomaga muvofiq Neft va gaz texnologiyalari fakultetining Fizika va Energetika kafedrasi o'qituvchisi Umarov Ismattilla Payzullaevich boshchiligida 3-bosqich ЕN 22-18 guruh talabalar bilan zavodga tashrif buyurishdi.
Shartnomaga muvofiq talabalar nazariy mashg‘ulotlarni amaliyotda kuzatishlari uchun stansiya rahbariyati tamonidan barcha sharoitlarni yaratib berildi.
Bo‘lg‘usi energetiklar stansiyaning yangi 370-MVtli bug‘-gaz qurilmasini, QT sexininig 7 va 8-energobloklarini, kimyo sexi tomonidan olib borilayotgan ishlar, yangiliklar, raqamlashtirish jarayoni bilan yaqindan tanishdilar.