Ijtimoiy tarmoqlar

Toshkent kimyo-texnologiya institutida iqtisodiyot tarmoqlarida kamida besh yil ish stajiga ega boʻlgan fuqarolar uchun suhbat bo'lib o'tdi.

 Toshkent kimyo-texnologiya institutida iqtisodiyot tarmoqlarida kamida besh yil ish stajiga ega boʻlgan fuqarolar uchun suhbat bo'lib o'tdi.

2025-yilning 12-sentabr sanasida Toshkent kimyo-texnologiya institutida iqtisodiyot tarmoqlarida kamida besh yil ish stajiga ega boʻlgan fuqarolarni suhbat natijalariga koʻra tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilish bo‘yicha suhbat jarayonlari bo'lib o'tdi. 

Suhbatni institut qabul komissiyasi raisi T.T. Safarov kirish so‘zi bilan ochib berdi. U o‘z nutqida suhbat jarayonlarining mazmuni, tartib-qoidalari va adolatli hamda shaffof o‘tishini ta’minlash borasida olib borilayotgan ishlar haqida to‘xtalib o‘tdi.

Suhbat davomida nomzodlarning kasbiy bilim va tajribalari, sohada erishgan yutuqlari hamda o‘z mutaxassisligi bo‘yicha fikrlash qobiliyatlari sinovdan o‘tkazildi. Shuningdek, ularning iqtisodiyot tarmoqlaridagi amaliy ko‘nikmalari, tashabbuskorligi va yangicha qarashlari ham baholab borildi.

Ushbu jarayon fuqarolarga o‘z tajribasi va bilimini oliy ta’lim bilan uyg‘unlashtirish, hamda mamlakatimiz taraqqiyotida faol ishtirok etish uchun keng imkoniyatlar yaratdi.