Toshkent kimyo-texnologiya instituti talabalari “InnoWeek-2025” xalqaro haftaligida ishtirok etishdi
Toshkent kimyo-texnologiya institutining Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlari bo‘yicha birinchi prorektori Boborajabov Bahodir Nasriddinovich boshchiligida institut tyutorlari hamda talaba-yoshlari “InnoWeek-2025” — “Chegarasiz g‘oyalar” shiori ostida o‘tayotgan innovatsion g‘oyalar xalqaro haftaligida ishtirok etdilar.
Ushbu haftalik doirasida talabalar innovatsion ishlanmalar, texnologik yangiliklar va startap loyihalar bilan yaqindan tanishib, o‘z g‘oyalarini boyitish, ilmiy salohiyatini yanada oshirish imkoniga ega bo‘ldilar.
Tadbir yoshlarning ijodiy fikrlashini rivojlantirish, innovatsion tafakkurini kengaytirish va xalqaro hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qilmoqda.