Toshkent kimyo-texnologiya institutida Mediastudiyalar faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha yig‘ilish bo‘lib o‘tdi
Toshkent kimyo-texnologiya institutida Mediastudiyalar faoliyatini muvofiqlashtirib boruvchi, shuningdek tayyorlanayotgan videokontentlar sifati va mazmuni yuzasidan umumiy xulosalar beruvchi Institut Shtabi a’zolari ishtirokida navbatdagi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishni institut rektori, Shtab raisi Usmonov Botir Shukurillayevich kirish so‘zi bilan ochib berdi. Unda mediastudiyalar faoliyatini samarali tashkil etish, yoshlar ongiga ta’sir etuvchi kontent sifatini oshirish hamda belgilangan yo‘nalishlar bo‘yicha ijodiy ishlarga metodik ko‘mak berish masalalari ta’kidlandi.
Shundan so‘ng Mediastudiya a’zolari tomonidan suratga olingan videokontentlar ko‘rib chiqildi va atroflicha tahlil qilindi. Har bir rolikning mazmuni, tarbiyaviy ahamiyati, sifat darajasi, ijodiy yondashuv hamda yoshlar auditoriyasiga ta’sirchanlik mezonlari bo‘yicha baholash amalga oshirildi.
Tahlil va saralash natijalariga ko‘ra, quyidagi yo‘nalishlarda tayyorlangan 3 ta videokontent eng sifatli deb topildi:
— Ekologik madaniyat, “Yashil makon” va “Yashil iqtisodiyot”ni targ‘ib qilish;
— Tarixiy va milliy o‘zlikni anglash;
— Kitobxonlik madaniyatini shakllantirish va targ‘ib qilish.
Mazkur kontentlar Oliy ta’lim muassasalarida mediastudiyalar faoliyatini muvofiqlashtirib boruvchi hamda tayyorlangan videokontentlar sifati va mazmuni yuzasidan umumiy xulosalar beruvchi Respublika Shtabiga taqdim etilishi belgilandi.