Toshkent kimyo-texnologiya instituti "Sanoat muhandisligi va menejmenti" fakultetida Oʻzbekiston xalq shoirasi Zulfiyaxonim tavalludiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbirni yoshlar bilan ishlash bo’yicha dekan o’rinbosari B.Sh.Poyanov ochib berdi. Tadbirda Zulfiya ijodi, uning insonparvarlik va vatanparvarlik ruhidagi she’rlari hamda yosh avlod tarbiyasidagi o‘rni haqida so‘z yuritildi. Talabalar shoira qalamiga mansub she’rlarni yoddan o‘qib, uning ijodidan ilhomlangan musiqiy chiqishlar va sahna ko‘rinishlarini namoyish etdilar.
Fakultet tyutorlari tashabbusi bilan tashkil etilgan ushbu ma’naviy uchrashuv ishtirokchilarga ona Vatanga sadoqat, milliy g‘urur va adabiyotga mehr uyg‘otish borasida muhim taassurot qoldirdi. Bunday tadbirlar talabalar ma’naviyatini yuksaltirish va ularni ijodiy faoliyatga rag‘batlantirishga xizmat qiladi.