Ijtimoiy tarmoqlar

Toshkent kimyo-texnologiya instituti va Obuda universiteti vakillari “InnoWeek–2025” xalqaro innovatsion g‘oyalar haftaligida ishtirok etishdi

 Toshkent kimyo-texnologiya instituti va Obuda universiteti vakillari “InnoWeek–2025” xalqaro innovatsion g‘oyalar haftaligida ishtirok etishdi

Toshkent kimyo-texnologiya institutining yaqin hamkorlaridan biri — Vengriyaning Obuda universiteti prorektori Andras Molnar hamda O‘zbekiston Respublikasi bilan amalga oshirilayotgan loyihalar bo‘yicha koordinatori Nemet Antal O‘zbekistonga tashrif buyurishdi.

Ular Toshkent kimyo-texnologiya instituti bilan hamkorlikda “InnoWeek–2025” xalqaro innovatsion g‘oyalar haftaligida ishtirok etdilar. Tashrif davomida ixtiro qilingan innovatsion ishlanmalar va loyihalar bilan tanishildi, o‘zaro tajriba almashinuvi hamda muhokamalar o‘tkazildi.

Uchrashuv doirasida Oziq-ovqat sanoatida hamkorlik yo‘nalishlari bo‘yicha muzokaralar o‘tkazildi, o‘qituvchilar va talabalar almashinuvi, ilmiy stajirovkalarni tashkil etish masalalari muhokama qilindi, ilmiy loyihalarni birgalikda amalga oshirish istiqbollari ko‘rib chiqildi.