Ijtimoiy tarmoqlar

Toshkent kimyo-texnologiya institutida 2025-yil 30-sentabr sanasida Korxona vakillari bilan talabalarni ishga joylashtirish bo‘yicha uchrashuv bo'lib o'tdi

Toshkent kimyo-texnologiya institutida 2025-yil 30-sentabr sanasida Korxona vakillari bilan talabalarni ishga joylashtirish bo‘yicha uchrashuv bo'lib o'tdi

2025-yil 30-sentabr kuni Toshkent kimyo-texnologiya instituti Oziq-ovqat va vinochilik texnologiyalari fakultetiga hamkor korxonalar IP OOO "PRO SNACK" xodimlari va IP OOO “SERVOLUX CA” Inson resurslari bo‘limi boshlig‘i O.U.Ustemirovlar institutimizga tashriflarini amalga oshirdilar.

Yurtimizda IP OOO "PRO SNACK" brendi bilan tanilgan Kreaker va chips mahsulotlari ishlab chiqaradigan yirik korxona vakillari va IP OOO “SERVOLUX CA” bilan Karyera markazi boshlig‘i A.Mirkomilov, Oziq-ovqat va vinochilik texnologiyalari fakultet dekani A.M.Normatov, Funksional mahsulotlar texnologiyasi kafedrasi mudiri F.Eshmatov hamda bitruvchi kurs talabalari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.

Korxona vakillarining institutimizga tashrifidan maqsad ishlab chiqarish kompaniyalariga oziq-ovqat sanoati texnologlariga ehtiyoji borligi, institutimiz bitiruvchilari orasidan malakali mutaxasisslarni ishga jalb etish ta’kidlangan. Shuningdek, korxona bilan institut o‘rtasida o‘zaro hamkorlik aloqalarini yanada kengaytirish, dual ta'lim, xaq to'lanadigan amaliyotlarni tashkil etish va bitiruvchilarni ishga joylashtirish masalalari kelishib olindi. 

Uchrashuv Oziq-ovqat va vinochilik texnologiyalari fakulteti, Funksional mahsulotlar texnologiyasi kafedrasi bitiruvchi kurs talabalari o‘rtasida o‘tkazildi. Korxona vakillari talabalarga bo‘sh ish o‘rinlari haqida ma’lumot taqdim etdilar. Korxona vakillari uchrashuv a’lo darajada tashkil etilganli uchun institutimiz rahbariyatiga o‘z minnatdorchiliklarini bildirishdi.