Ijtimoiy tarmoqlar

Toshkent kimyo-texnologiya institutida kafedralar faoliyati tahlil qilindi

Toshkent kimyo-texnologiya institutida kafedralar faoliyati tahlil qilindi

Joriy yilning 20-dekabr kunlari Toshkent kimyo-texnologiya institutida Kimyoviy injiniring fakultetining Silikat materiallar va nodir, Kamyob metallar texnologiyasi, Kimyo, Texnologik jarayonlar va qurilmalarni loyixalash, Yuqori molekulali birikmalar va plastmassalar hamda Noorganik moddalar kimyoviy texnologiyasi kafedralari faoliyatini har tomonlama baholash va yanada takomillashtirish maqsadida hisobot-taqdimoti qilindi hamda savolnoma asosida kompleks o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish jarayonida quyidagi asosiy yo‘nalishlar qamrab olindi:

kafedralar nizomi, yillik ish rejalari va ularning 2025–2030-yillarga mo‘ljallangan institutni rivojlantirish strategiyasiga muvofiqligi;

ta’lim sifatini oshirish, xalqaro hamkorlik, akademik almashinuv va TOP-300 OTMlar tajribasi asosida fan dasturlarini takomillashtirish;

professor-o‘qituvchilar shtati, o‘quv yuklamalari, shaxsiy ish rejalarining shakllantirilishi va monitoringi; o‘quv-uslubiy majmualar, sillabuslar va o‘quv adabiyotlari bilan ta’minlanganlik holati;

ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyat, yoshlarni ilmga jalb etish, grantlar, startaplar, patentlar, xo'jalik shartnomalari hamda tijoratlashtirish ishlari;

nashriy faollik, Scopus va Web of Science bazalaridagi ilmiy maqolalar;

HEMIS tizimini to‘g‘ri yuritish, mustaqil ta’limni raqamlashtirish va baholashda shaffoflik;

dual ta’lim, amaliyotlar, bitiruvchilar monitoringi va ularning ishga joylashuvi;

moddiy-texnik baza, zamonaviy laboratoriyalar bilan ta’minlanganlik;

ustoz-shogirt ananalarining yo'lga qo'yilganligi;

mustaqil ta'lim yo'nalishida amalga oshirilayotgan ishlar;

korrupsion holatlarning oldini olishga qaratilgan choralar.

Ushbu tahlillar kafedralar faoliyatini zamonaviy talablar asosida rivojlantirish, ta’lim va ilm-fan integratsiyasini kuchaytirish hamda raqobatbardosh kadrlar tayyorlashga xizmat qiladi.

Institutda olib borilayotgan mazkur ishlar ta’lim sifati, ilmiy salohiyat va amaliy hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan.