Ijtimoiy tarmoqlar

Toshkent kimyo-texnologiya instituti va Tojikiston texnologiya universiteti o'rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

 Toshkent kimyo-texnologiya instituti va Tojikiston texnologiya universiteti o'rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Oliy taʼlim muassasalari oʻrtasida oziq-ovqat texnologiyasi, biotexnologiya, muhandislik yoʻnalishlarida oʻquv va ilmiy sohalarda hamkorlikni rivojlantirish, talaba va professor-oʻqituvchilarning akademik harakatchanlik dasturlarini joriy etishga kelishildi. 

Tojikiston texnologiya universiteti rektori Raxmonzoda Zoir Fayzali tomonidan Oʻzbekiston, Qozogʻiston va Qirgʻiziston davlatlari oliy taʼlim muassasa vakillari kutib olinib, oziq-ovqat maxsulotlarini qayta ishlash va injiniring sohalarida faoliyat yuritayotgan texnopark va laboratoriyalar bilan tanishildi. Germaniya xamkorlik tashkiloti GIZ tomonidan universitetga taqdim etilgan uskunalar haqida batafsil maʼlumotlar berildi.

3-Regional anjuman dasturiga binoan „Shiri Dushanbe‟ sut maxsulotlari kombinatiga tashrif uyushtirildi. Kombinat ish faoliyati va ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar bilan tanishildi.