Toshkent kimyo-texnologiya instituti kasaba uyushmasi tashkilotining hisobot-saylov konferensiyasi bo'lib o'tdi.
Konferensiyada Kimyo-farmasevtika sanoati xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi raisi o‘rinbosari Isoqov Ibroxim Doniyor o‘g‘li, Kimyo-farmasevtika sanoati xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashining tashkiliy ishlar bo‘yicha bosh mutaxassis Quvvatov Baxrom Usmonovich, Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha birinchi prorektor B.N.Boborajabov va fakultetlar jamoalaridan saylangan delegatlar ishtrok etdi.
Konferensiyada Toshkent kimyo-texnologiya instituti kasaba uyushmasi tashkilotining 2020-2025 yillarda olib borgan faoliyati yuzasidan institut kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi va taftish komissiyasining hisobotlari eshitildi.
Konferensiya kun tartibiga ko‘ra tashkiliy masala ko‘rildi. Unda “SIM” kafedrasi dotsenti A.K.Abduraxmonov ko‘pchilik ovozi bilan Toshkent kimyo-texnologiya instituti kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi lovozimiga saylandi.