Ijtimoiy tarmoqlar

Toshkent kimyo-texnologiyalari instituti Oziq-ovqat va vinochilik texnologiyalari fakultetida talabalar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, shaxsiy gigiyena madaniyatini oshirish va tozalikning inson salomatligidagi ahamiyatini chuqur anglatish maqsadida “Toza qo‘llar” dasturi doirasida davra suhbati tashkil etildi.

Tadbirda fakultet professor-o‘qituvchilari, tyutorlar, shifokorlar hamda faol talabalar ishtirok etishdi.

Davra suhbati davomida:

shaxsiy gigiyenani saqlashning oddiy, ammo muhim qoidalari;

qo‘l yuvishning to‘g‘ri usullari va ularning sog‘liq uchun foydasi;

yuqumli kasalliklarning oldini olishda tozalikning o‘rni;

toza muhit va sog‘lom fikrlash o‘rtasidagi bog‘liqlik haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

Uchrashuv doirasida professor-o‘qituvchilar va talaba-yoshlar uchun OIV/OITS kasalligi haqida batafsil ma’lumot berilgan seminar o‘tkazildi. Markazdan tashrif buyurgan mutaxassislar ishtirokchilarga OIV infeksiyasiga oid tarqatma materiallarni topshirdilar. Shuningdek, mobil laboratoriya yordamida talabalar orasida OITS, gepatit va boshqa infeksion kasalliklar bo‘yicha qon tahlillari o‘tkazilib, natijalar qisqa fursatda taqdim etildi.

Mutaxassislar inson organizmi salomatligini asrashda tozalikning hal qiluvchi o‘rni borligini ta’kidlashdi. Shuningdek, talabalar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularning kundalik hayotdagi gigiyenaga oid qarashlari, taklif va savollari tinglandi.

Tadbir yakunida ishtirokchilarga “Tozalik — bu madaniyat, madaniyat — bu salomatlik” degan g‘oya asosida sog‘lom hayot tarziga rioya qilish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Bu kabi ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar yoshlarning hayotida mas’uliyat hissini kuchaytiradi, sog‘lom avlod tarbiyasiga xizmat qiladi hamda institutda tozalik va tartib-intizom muhitini yanada mustahkamlaydi.