Ijtimoiy tarmoqlar

Toshkent kimyo-texnologiya institutida "Ma'rifat ulashib" nomli adabiy-ma'rifiy uchrashuvning 4-davrasi tashkil etildi.

 Toshkent kimyo-texnologiya institutida "Ma'rifat ulashib" nomli adabiy-ma'rifiy uchrashuvning 4-davrasi tashkil etildi.

2025-yilning 10-noyabr sanasida Toshkent kimyo-texnologiya institutida "Ma'rifat ulashib" nomli adabiy-ma'rifiy uchrashuvning 4-davrasi tashkil etildi. Uchrashuvga O’zbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zosi adabiyotshunos, sharqshunos, navoiyshunos Olimjon Davlatov , O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan madaniyat xodimi, "Mehnat shuhrati" ordeni sohibasi, shoira Sharifa Salimova va O'zbekiston yozuvchilar uyushmasi a'zosi, yozuvchi, shoir Vafo Fayzulloh tashrif buyurdi.

Uchrashuvni Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha birinchi prorektor Boborajabov Bahodir Nasriddinovich so'zga chiqib tashrif buyurgan adiblarni ishtirok etuvchilarga yaqindan tanishtirdi.

 Maʼnaviyat – har bir yoshning hayot yo‘lini yorituvchi chiroq.

Bugungi kunda yoshlarning maʼnaviy dunyosini boyitish, ularni Vatanga sadoqat, xalqparvarlik va ezgulikka chorlovchi tadbirlar dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.

“Maʼrifat ulashib” loyihasi doirasidagi navbatdagi uchrashuv ijodiy ruhda, iliq muloqotlar, hayotiy tajribalar va samimiy sheʼrlar bilan boyitildi. Shoir va yozuvchilar yoshlar bilan suhbatlashib, o‘z hayot yo‘llaridan, ijod jarayonlaridan, ilhom manbalaridan so‘zlab berdilar.

Tadbir nafaqat maʼnaviy ozuqa, balki yoshlar uchun ilhom, motivatsiya manbai bo‘ldi. Uchrashuv davomida har bir ishtirokchi o‘z qalbida “men ham Vatanim uchun foydali inson bo‘lishim kerak” degan tuyg‘uni his etdi.

 Tadbir davomida institutimizning iqtidorli talabalari o‘z ijod namunalarini, jumladan, o‘zlarining qalb dardini, orzu-intilishlarini aks ettirgan she’rlarini yig‘ilganlarga taqdim etdilar. Ularning chiqishlari tadbirga yanada ko‘tarinki ruh, iliq muhit bag‘ishladi.

Shu bilan birga, “Rennesans” telekanali Toshkent kimyo-texnologiya institutida o‘tkazilgan “Maʼrifat ulashib” loyihasining 4-davrasi haqida maxsus reportaj tayyorlab, keng jamoatchilik e’tiboriga havola etdi.

 Uchrashuv yakunida ezgu an’anaga aylangan “Yashil makon” loyihasi doirasida institut hovlisida manzarali hamda mevali daraxt ko‘chatlari ekildi. Talabalar va adiblar birgalikda ekkan har bir ko‘chat — bu kelajak avlodga bag‘ishlangan yashil sovg‘a, mehr va e’tibor ramzidir.

 "Ma'rifat ulashib" nomli adabiy-ma'rifiy uchrashuvining 4-davrasida institut rahbariyati, adiblar hamda talaba-yoshlar uchun kofe-break, tushlik va kechki ovqatlar tashkil etildi.