Toshkent kimyo-texnologiya instituti "Tillar" hamda "Neft va gazni qayta ishlash kimyoviy texnologiyasi" kafedralarining professor-o‘qituvchilari Qozog‘iston Respublikasi K.I.Satbayev nomidagi Qozog‘iston Milliy Tadqiqot Texnika Universitetida malaka oshirish kurslarida ishtirok etdilar.
Ushbu safar “M.Ed – professional ta’lim magistri” xalqaro loyihasi doirasida, Germaniyaning GIZ tashkiloti ko‘magida tashkil etilgan bo‘lib, 144 soatlik “Oliy va professional ta'lim tizimida masofaviy ta'lim” dasturi bo'yicha o‘quv mashg‘ulotlari olib borildi.
Kurs mashg‘ulotlari professor Manatzhan Ashimkulovna Tleuzhanova rahbarligida tashkil etilib, unda zamonaviy pedagogika texnologiyalari, masofaviy ta’lim metodlari va ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha ilg‘or yondashuvlar chuqur o‘rganilmoqda. Shuningdek, mashg‘ulotlar davomida ikki tomonlama tajriba almashinuvi yo‘lga qo‘yilib, institutimiz o‘qituvchilari ham o‘z amaliy tajribalarini taqdim etishdi. “M.Ed – professional ta’lim magistri” loyihasi doirasida o‘tkazilgan treninglarda shakllangan samarali metodikalar va ilg‘or yondashuvlar Qozog‘istonlik va Qirqizistonlik hamkasblar uchun katta qiziqish uyg‘otdi.
Malaka oshirishda institutimizdan G.Aripova, R.Xabibullayev, A.Boboyev, M.Tadjibayeva va O‘.Azamatovlar ishtirok etishdi, hamda 144 soatlik “Oliy va professional ta'lim tizimida masofaviy ta'lim” dasturi bo'yicha kursni muvoffaqiyatli yakunlab SERTIFIKAT bilan taqdirlanishdi.
Ta’limiy uchrashuvlar davomida ikki oliygoh o‘rtasida ilmiy-pedagogik hamkorlikni yanada rivojlantirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi, hamda memorandum tuzib, imzolashga kelishib olindi.