Toshkent kimyo-texnologiya instituti delegatsiyasining Obuda universitetiga tashrifi
Toshkent kimyo-texnologiya instituti iqtisodiy va tashkiliy masalalar bo‘yicha prorektori B.Qodirov, “Sanoat ekologiyasi” kafedrasi professori X.Pulatov hamda Xalqaro hamkorlik va protokol bo‘limi boshlig‘i S.Saidaxmadovdan iborat delegatsiya Vengriyaning Obuda universitetiga tashrif buyurdi.
Tashrif doirasida Obuda universitetining startap va spinoff loyihalarni qo‘llab-quvvatlash venchur kapital jamg‘armasi rahbari Hild Imre, shuningdek, Markaziy Osiyo mamlakatlari ta’lim muassasalari bilan hamkorlik bo‘yicha koordinatori Antal Nemet bilan uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish, TKTI Kuzatuv kengashining 2025-yil 5-maydagi qarorida belgilangan ustuvor yo‘nalishlar ijrosini ta’minlash, startap loyihalarni venchur kapital jamg‘armasi orqali moliyalashtirish, shuningdek, qo‘shma innovatsion, amaliy va fundamental ilmiy loyihalarni amalga oshirish hamda investitsiyalarni jalb etish masalalari atroflicha muhokama qilindi.
Mazkur uchrashuv TKTI va Obuda universiteti o‘rtasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qilishi kutilmoqda.