Ijtimoiy tarmoqlar

Toshkent kimyo-texnologiya institutida Institut Kengashining navbatdagi yig’ilishi bo’lib o’tdi

 Toshkent kimyo-texnologiya institutida Institut Kengashining navbatdagi yig’ilishi bo’lib o’tdi

Unda institut rektori-Kengash raisi Usmonov Botir Shukurillayevich boshchiligida soha prorektorlari, fakultet dekanlari hamda kengash a’zolari ishtirok etishdi.

Dastavval Toshkent kimyo-texnologiya instituti Qo'shma ta'lim dasturlari bo'limi boshlig'i lavozimiga yangi tayinlangan Nasiba Xakimova jamoaga tanishtirildi.

Shundan so'ng kun tartibidagi masalalar bo'yicha ma'ruzachilar o'z hisobotlarini o'qib eshittirdilar. Jumladan Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i Ravshan G‘oziyev 2024–2025 o‘quv yili davomida institutda amalga oshirilgan ma’naviy-ma’rifiy chora-tadbirlar ijrosi yuzasidan axborot berdi. Akademik faoliyat bo'yicha prorektor Safarov Toyir Tursunovich hamda Xalqarolashtirish va transformatsiya departamenti boshligi Babaxanova Zebo Abdullaevnaning Yangi 2025–2026 o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayonlari, jumladan, kafedralar miqyosida ta’lim sifatini oshirish maqsadida xorijiy olimlar va professor-o‘qituvchilarni jalb etish masalalari ko‘rib chiqildi.

Yig'ilish davomida Toshkent kimyo-texnologiya instituti rektorining Axborot siyosati masalalari bo'yicha maslahatchisi — Matbuot kotibi Egamnazar Abdulboqiyevning Toshkent kimyo-texnologiya institutining Matbuot xizmati tomonidan 2024/2025-yillarda amalga oshirilgan ishlar hamda kelgusi rejalar haqidagi hisoboti, Ichki audit xizmati boshlig‘i Xamza Mavlyankulovning Institut moliyaviy faoliyatida byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘lardan maqsadli va samarali foydalanish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar natijalari taqdim etildi.

Shuningdek turli masalalar muhokama etildi.