Ijtimoiy tarmoqlar

Toshkent kimyo-texnologiya institutining Sanoat muhandisligi va menejmenti fakultetida «Tarmoq-korxona-oliygoh» zanjiri nomli Korxona rahbarlari forumi boʻlib oʻtdi.

 Toshkent kimyo-texnologiya institutining Sanoat muhandisligi va menejmenti fakultetida «Tarmoq-korxona-oliygoh» zanjiri nomli Korxona rahbarlari forumi boʻlib oʻtdi.

2025-yilning 22-aprel sanasida Sanoat muhandisligi va menejmenti fakultetida «Tarmoq-korxona-oliygoh» zanjiri Korxona rahbarlari forumi boʻlib oʻtdi. Ushbu forumda 10 dan ortiq kompaniya va korxonalarning vakillari ishtirok etib Ilmiy-tadqiqot ishlarida hamkorlik masalalari muhokamasi, professor-oʻqituvchilarning stajirovkalari va talabalar amaliyotlarini tashkil etish masalalari, Ishlab chiqarish korxonalari bilan hamkorlikda Dual ta’lim tizimida kadrlar tayyorlash istiqbollari muhokamasi, professor-oʻqituvchilar, yosh olimlar innovatsion ishlanmalarini tijoratlashtirishda hamkorlik, xoʻjalik shartnomalari tuzish hamda yangi hamkorlik shartnomalari va memorandum imzolash koʻzda tutilgan.

Ta’kidlash joizki «Tarmoq-korxona-oliygoh» zanjiri korxona rahbarlari forumini oʻtkazishdan maqsad Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 20-oktyabrdagi 841-sonli «2030-yilgacha boʻlgan davrda barqaror rivojlanish sohasida milliy maqsad va vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qaroriga muvofiq barqaror rivojlanishning maqsad va vazifalarini izchil amalga oshirish boʻyicha tizimli ishlarni tashkil etish, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 11.09.2023 yildagi PF-158-son «Oʻzbekiston-2030» strategiyasi toʻgʻrisidagi farmoni ijrosini ta’minlash, Oʻzbekiston Respublikasi prezidentining 2024-yil 20-iyundagi videoselektr yigʻilishining 32-sonli bayonida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash yuzasidan Toshkent kimyo-texnologiya institutida “Tarmoq – korxona – oliygoh” zanjiri asosida kadrlar tayyorlashni yoʻlga qoʻyish, Respublikamizda 2025-yil “Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili” ga bagʻishlangan tadbirlarni keng nishonlash, ishlab chiqarish korxonalari bilan hamkorlik aloqalarni rivojlantirish hamda iqtisodiyot, muhandislik va axborot texnologiya sohasidagi tadqiqotlarda xalqaro hamkorlikni rivojlantirishdan iboratdir.

Shundan soʻng Sanoat muhandisligi va menejmenti fakulteti dekani Jalilov Sherzod Qaxramonovich fakultet haqida, mavjud kafedra mudirlari esa, oʻquv, ilmiy, ma’naviy, xalqaro aloqalar va faoliyat haqida ma’lumotlar berib oʻtdi.

Jumladan "Sanoat ekologiyasi" kafedrasi mudiri Igitov Farrux Baxtiyarovich, " Sаnоаt iqtisоdiyoti vа mеnеjmеnti kafedrasi mudiri A.J.Xo'jamurodov, " Avtomatlashtirish va raqamli boshqaruv" kafedrasi mudiri Usmanov Komil Isroilovichlar oʻquv, ilmiy, ma’naviy, xalqaro aloqalar hamda faoliyat haqida ma’lumotlar berib oʻtdi.

Forum davomida tashrif buyurgan korxona rahbarlari hamda vakillari oʻzlarining taqdimotlari bilan ishtirok etib, talab va takliflarini bayon etdilar.

Bugungi forumda “INNO INNOVATSION O‘QUV” Ishlab chiqarish texnoparki, “O‘zbekiston Ekologiya partiyasi”, Toshkent shahar boʻlimi Ishlab chiqarish texnoparki, “Toshkent suv taminoti” AJ, O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi, “Toshkent shahar Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi” hamda “TOYS CITY” MChJ vakillari ishtirok etishdi.

Tashrif buyurgan korxona rahbarlari hamda vakillari Sanoat muhandisligi va menejmenti fakultetida mavjud kafedralarning oʻquv, ilmiy-tadqiqot laboratoriyalari va texnoparkining faoliyati bilan yaqindan tanishib, ulani qiziqtirgan savollariga atroflicha javob oldilar.