Toshkent kimyo-texnologiya institutida kafedralar faoliyati tahlil qilindi
Joriy yilning 22-dekabr kunlari Toshkent kimyo-texnologiya institutida Sanoat muhandisligi va menejmenti fakultetining Sаnоаt iqtisоdiyoti, Menejment, Avtomatlashtirish va raqamli boshqaruv, Muhandislik asoslari va mexanika kafedralari, fakultetlararo kafedralarning Oliy matematika, Ijtimoiy-siyosiy fanlar va Tillar kafedralari faoliyatini har tomonlama baholash va yanada takomillashtirish maqsadida hisobot-taqdimoti qilindi hamda savolnoma asosida kompleks o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganish jarayonida quyidagi asosiy yo‘nalishlar qamrab olindi:
kafedralar nizomi, yillik ish rejalari va ularning 2025–2030-yillarga mo‘ljallangan institutni rivojlantirish strategiyasiga muvofiqligi; ta’lim sifatini oshirish, xalqaro hamkorlik, akademik almashinuv va TOP-300 OTMlar tajribasi asosida fan dasturlarini takomillashtirish;professor-o‘qituvchilar shtati, o‘quv yuklamalari, shaxsiy ish rejalarining shakllantirilishi va monitoringi; o‘quv-uslubiy majmualar, sillabuslar va o‘quv adabiyotlari bilan ta’minlanganlik holati; ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyat, yoshlarni ilmga jalb etish, grantlar, startaplar, patentlar, xo'jalik shartnomalari hamda tijoratlashtirish ishlari; nashriy faollik, Scopus va Web of Science bazalaridagi ilmiy maqolalar; HEMIS tizimini to‘g‘ri yuritish, mustaqil ta’limni raqamlashtirish va baholashda shaffoflik; dual ta’lim, amaliyotlar, bitiruvchilar monitoringi va ularning ishga joylashuvi; moddiy-texnik baza, zamonaviy laboratoriyalar bilan ta’minlanganlik; ustoz-shogirt ananalarining yo'lga qo'yilganligi; mustaqil ta'lim yo'nalishida amalga oshirilayotgan ishlar; korrupsion holatlarning oldini olishga qaratilgan choralar.
Ushbu tahlillar kafedralar faoliyatini zamonaviy talablar asosida rivojlantirish, ta’lim va ilm-fan integratsiyasini kuchaytirish hamda raqobatbardosh kadrlar tayyorlashga xizmat qiladi.
Institutda olib borilayotgan mazkur ishlar ta’lim sifati, ilmiy salohiyat va amaliy hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan.