Ijtimoiy tarmoqlar

Toshkent kimyo-texnologiya institutida texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni o‘z sohalariga mos bakalavriat yo‘nalishlariga suhbat asosida o'qishga qabul qilish bo'yicha imtihon jarayonlari bo'lib o'tdi.

Xabar berganimizdek, 2025-yil 11-avgust kuni Texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni Toshkent kimyo-texnologiya institutining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga suhbat asosida o‘qishga qabul qilish bo‘yicha imtihonlar bo'lib o'tdi.

Unda Toshkent kimyo-texnologiya instituti Akademik faoliyati bo'yicha prorektor Safarov Toyir Tursunovich kirish so'zi bilan ochib berdi. Imtihonda institut mas'ullari, vazirlik, korxona va tashkilotlardan tashrif buyurgan komissiya a'zolari ishtirok etishdi. Shundan so'ng imtihon savollari holislar ishtirokida ochildi.

2025-yil imtihon natijalari (https://tkti.uz/admissions/technicalGraduates)