Toshkent kimyo-texnologiya institutiga O‘zbekiston standartlar instituti malaka oshirish va kadrlarni qayta tayyorlash markazi xodimlari tashrif buyurishdi.
Toshkent kimyo-texnologiya instituti Oziq-ovqat va vinochilik texnologiyalari fakultetiga O‘zbekiston standartlar instituti malaka oshirish va kadrlarni qayta tayyorlash markazi boshlig‘i Ergashev Mansur, ilmiy tadqiqot bo‘lim boshlig'i Ziyodullayev Azizlar tashrif buyurishdi.
Ushbu uchrashuvda Oziq-ovqat va vinochilik texnologiyalari fakultet dekani U.Baltabayev, Korxona va sanoat tarmoqlari departamenti boshlig'i A.Shernayev, Oziq-ovqat va vinochilik texnologiyalari fakulteti Yoshlar bilan ishlash bo'yicha dekan o'rinbosari Sh.Begmatov, Oziq-ovqat mahsulotlari sifati va xavfsizligi kafedrasi professor-o'qituvchilari, fakultet tyutorlari hamda talaba-yoshlar ishtirok etishdi.
Tashrif davomida quyidagi masalalar ko'rib chiqildi:
Yangi standartlar ishlab chiqarish;
Zamonaviy uskunalarda ishlash va ular asosida maqola yozish;
Namunalar ishlab chiqarishda grant va xo‘jalik shartnoma tuzish;
Soxa mutaxassislarni va professor o‘qituvchilarni malakasini oshirish;
Texnik tartibga solish qo‘mitalarga a'zolikka nomzodlarga bo‘lgan talablar;
Bitiruvchi va yuqori kurs talabalarini amaliyotga va ishga jalb qilish;
BMI va MD larga mutaxassislarni jalb qilish va bitiruv malakaviy ishlarni bevosita korxona va tegishli agentlik bo‘linmalarida himoyasini tashkil etish.